Meteonova ma’lumotlariga ko‘ra, 10-yanvar kuni O‘zbekistonda “to‘q sariq darajadagi” kuchli magnit bo‘roni bo‘ladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, geomagnit g‘alayonlar kuchi 4 ballni tashkil etadi. Geozarbalar soat 11:00 da boshlanishi kutilmoqda, shundan so‘ng ko‘rsatkich 3 ballgacha tushishi kerak.

Magnit bo‘ronlarining ta’sirini yurak-qon tomir kasalliklari, asab tizimi kasalliklari, qandli diabet va bronxial astma bilan og‘rigan odamlar, bundan tashqari, ob-havoga sezgir va meteopatiya (ob-havo sharoiti tufayli og‘riq) alomatlarini boshdan kechirayotgan odamlar eng ko‘p his qilishadi.