14 Oktabr 2024, 14:51 Oʻzbekiston

Toshkent viloyati YHXBga yangi boshliq tayinlandi

Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Toshkent viloyati YHXBga yangi boshliq tayinlandi.

Toshkent viloyati YHXBga yangi boshliq tayinlandi

Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga boshliq tayinlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, polkovnik Aziz Sadirov ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan viloyat YHXB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Yangi boshliqni tanishtirish uchun Toshkent viloyati YHXB binosida Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i, polkovnik Sherzod Ibragimov, viloyat IIBB boshlig‘i, general-mayor Toxir Aripov hamda shaxsiy tarkib ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda kelgusida yo‘llarda inson salomatligini asrash borasida ko‘rilishi zarur bo‘lgan choralar muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Mashhur yangiliklar