Buxoroda 53 yoshli erkak ikki tanishini di
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, erkak protsessual tartibda ushlangan.
Buxoro viloyati Kogon shahridagi “Oʻzbekiston temiryoʻllari” AJga qarashli idora oldida ikki kishi pichoqlandi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov mazkur holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, kecha, 13-oktyabr kuni taxminan soat 13:10 da Kogon shahrida 1971-yilda tugʻilgan A. G. (erkak) oldindan mavjud boʻlgan kelishmovchilik oqibatida tanishlari 1963-yilda tugʻilgan N.A. (ayol) hamda 1995-yilda tugʻilgan U. D. (erkak)ni qasddan oʻldirish maqsadida tanalarining turli sohalariga oshxona pichogʻi bilan urishi oqibatida U. D. shahar tibbiyot birlashmasida olgan tan jarohatlari bilan vafot etgan. Ayolga shifoxonada zarur tibbiy yordam koʻrsatilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Kogon shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro A.G.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25- (Jinoyatga tayyorgarlik koʻrish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish), 97-moddasi (Qasddan odam oʻldirish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Savdo doʻkoni qurishga yer ajratib berishni vaʼda qilgan nazoratchi ushlandi Ikki hududda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari aniqlandi Uch hududda kreditga olingan mashinalar sotib yuborilgani aniqlandi Toshkentda 10 kunda 32 nafar “zakladchik” ushlandi DXX O‘zbekistonga qo‘shni davlatlardan keltirilgan narkotik moddalarni musodara qildi